Magical

Marketing strategiya nima va uni qanday tuziladi

Chop etilgan:

Marketing strategiya — biznes qaysi auditoriyaga, nima deb va qaysi kanallar orqali murojaat qilishini oldindan belgilaydigan reja. Usiz reklama va kontent tasodifiy harakatlarga aylanadi.

Strategiya va reklama bir narsa emas

Reklama strategiyaning bir qismi, xolos. Strategiya esa undan oldin keladi va savollarga javob beradi: bizning mijoz kim, raqobatchilardan nimamiz bilan farq qilamiz, qaysi kanalda mijozga yetib boramiz va natijani nima bilan o'lchaymiz.

Strategiya nimalardan iborat

  • Auditoriya va raqobatchilar tahlili
  • Brend pozitsiyasi: nimasi bilan ajralib turasiz
  • Asosiy xabar va kommunikatsiya ovozi
  • Kanallar: ijtimoiy tarmoqlar, reklama, sayt va ularning vazifasi
  • Kontent va reklama rejasi
  • KPI: qaysi ko'rsatkich muvaffaqiyatni bildiradi

Qanday bosqichlarda tuziladi

Birinchi bosqich: brif. Biznes, mahsulot, hozirgi mijozlar va maqsadlar o'rganiladi. Ikkinchi bosqich: tahlil. Auditoriya va raqobatchilar ko'rib chiqiladi. Uchinchi bosqich: pozitsiya va g'oya. To'rtinchi bosqich: kanallar va kontent rejasi. Oxirgi bosqich: ko'rsatkichlar va hisobot tizimi, shunda natijani kuzatib borish mumkin.

Eng ko'p uchraydigan xatolar

  • Maqsadsiz boshlash: «hamma ijtimoiy tarmoqda bo'lishi kerak» deb
  • Bir vaqtda juda ko'p kanalni yuritish
  • Ko'rsatkichlarni oldindan belgilamaslik
  • Strategiya tuzib, uni amalga oshirmaslik

Xulosa

Strategiya bir marta yoziladigan hujjat emas: u natijalarga qarab yangilanib turadi. Strategiyani o'zingiz tuzishingiz ham mumkin, lekin tashqaridan tahlil va tajribali marketolog ko'zi ko'pincha ko'rinmay qolgan imkoniyatlarni ochadi.

Bog'liq xizmat: Marketing strategiya va konsalting

Loyihani muhokama qilamiz.

Ariza qoldiring: ish kunlari ichida bog'lanib, vazifani aniqlashtiramiz va keyingi qadamni taklif qilamiz.