Magical

SMM va ijtimoiy tarmoqlarni yuritish: sotuv va lead uchun

Magical SMM'ni post va dizayn emas, biznes uchun natija beradigan tizim sifatida quradi: strategiya, kontent, reklama va oylik hisobot bitta jamoada.

SMM agentlik nima qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarni yuritish kuniga bitta post qo'yish degani emas. Avval auditoriya va raqobatchilar tahlil qilinadi, keyin kontent strategiyasi tuziladi: nima haqida, qaysi formatda va qaysi maqsad uchun yozilishi aniqlanadi.

Shundan keyingina reels, dizayn va matnlar tayyorlanadi. Hammasi sotuvga va lead olishga yo'naltirilgan bo'ladi, shunchaki ko'rinish uchun emas.

SMM xizmatiga nimalar kiradi

Tarkib biznesingiz vazifasiga qarab moslanadi. Asosiy yo'nalishlar:

  • 01Ijtimoiy tarmoqlarni yuritish va profilni brendlash
  • 02Kontent strategiyasi va yagona uslub
  • 03Auditoriya va raqobatchilar tahlili
  • 04Reels, dizayn va sotuvga yo'naltirilgan matnlar
  • 05Target reklama orqali sotuv va lead generation
  • 06Oylik hisobotlar va optimizatsiya

Nega kontent va video bizda bir joyda

SMM uchun eng ko'p vaqt oladigan narsa sifatli kontent: syomka, montaj, dizayn. Bizda video va foto production o'z jamoamizda, shuning uchun reels va postlar uchun kadrlarni alohida pudratchilarsiz, bir uslubda tayyorlaymiz.

Natijani qanday ko'rasiz

Kelishilgan davr oxirida bajarilgan ishlar va ko'rsatkichlar bo'yicha hisobot beramiz, so'ng yuzma-yuz taqdimot o'tkazamiz. Hisobot asosida kontent va reklamani tuzatib boramiz.

Nima kiradi?

  • 01Ijtimoiy tarmoqlarni yuritish
  • 02Kontent strategiyasini tuzish
  • 03Auditoriya va raqobatchilarni tahlil qilish
  • 04Reels, dizayn va sotuvga yo'naltirilgan matnlar
  • 05Target reklama orqali sotuv va lead generation
  • 06Profilni brendlash va yagona uslub yaratish
  • 07O'sish va konversiya strategiyasini ishlab chiqish
  • 08Oylik hisobotlar va optimizatsiya

Ko'p so'raladigan savollar

SMM yuritish narxi nimaga bog'liq?
Tarmoqlar soniga, kontent hajmi va formatiga (reels, syomka), yuritish davriga va reklama byudjetiga bog'liq. Brifdan keyin yozma taklif beramiz.
SMM va target reklama farqi nima?
SMM profilni yuritish va kontent yaratish, target reklama esa aniq auditoriyaga pullik ko'rsatish. Ular birga ishlaganda natija yaxshiroq bo'ladi, lekin alohida ham buyurtma qilish mumkin.
Natija qancha vaqtda ko'rinadi?
Bu tarmoq, soha va boshlang'ich holatga bog'liq, shuning uchun aniq muddat va'da qilmaymiz. Maqsad va ko'rsatkichlarni boshida yozma kelishib, oylik hisobotda kuzatamiz.
Kontentni o'zim tasdiqlaymanmi?
Ha, kontent-reja va muhim materiallar siz bilan kelishiladi.

Loyihani muhokama qilamiz.

Ariza qoldiring: ish kunlari ichida bog'lanib, vazifani aniqlashtiramiz va keyingi qadamni taklif qilamiz.