Magical

Marketing strategiya va konsalting: nima, kimga va qaysi kanalda

Magical — 2015 yildan Toshkentda ishlayotgan marketing agentligi. Biz reklama yaratishdan oldin bozorni tahlil qilib, biznesingiz o'sishi uchun aniq reja tuzamiz.

Marketing strategiya nima uchun kerak

Strategiyasiz marketing tasodifiy harakatlar yig'indisiga aylanadi: bugun reels, ertaga reklama, indinga yangi sayt, lekin ular bir maqsadga ishlamaydi. Strategiya esa nima, kimga, qaysi kanalda va qanday ko'rsatkich bilan aytilishini oldindan belgilaydi.

Strategiyaga nimalar kiradi

  • 01Auditoriya va raqobatchilar tahlili
  • 02Brend pozitsiyasi va ovozi
  • 03Kontent va reklama strategiyasi
  • 04O'sish va konversiya strategiyasi
  • 05KPI va oylik hisobot tizimi

Strategiyadan ijrogacha bitta jamoada

Ko'pchilik agentliklar strategiyani beradi, ijro esa mijoz zimmasida qoladi. Bizda marketolog, dizayner va operator birga ishlaydi: strategiya tayyor bo'lgach, video, foto, dizayn, SMM va reklamani o'zimiz ishlab chiqaramiz. Shuning uchun reja qog'ozda qolmaydi.

Har bir loyiha uchun alohida kreativ konsepsiya yaratamiz va auditoriya psixologiyasiga moslashgan yondashuv bilan ishlaymiz.

Qanday boshlanadi

Brif: biznes, auditoriya va raqobatni o'rganamiz, maqsad va ko'rsatkichlarni yozma kelishamiz. Keyin strategiya va g'oya tayyorlanadi, ijro boshlanadi, oxirida natija hisobot va yuzma-yuz taqdimot bilan topshiriladi.

Nima kiradi?

  • 01Auditoriya va raqobatchilar tahlili
  • 02Brend pozitsiyasi va ovozi
  • 03Kontent va reklama strategiyasi
  • 04O'sish va konversiya strategiyasi
  • 05KPI va oylik hisobot tizimi

Ko'p so'raladigan savollar

Qaysi xizmatdan boshlash kerak?
Strategiya hali yo'q bo'lsa, tahlil va strategiyadan boshlash kerak. Aniq vazifa bo'lsa (video, sayt, reklama), shundan boshlash ham mumkin: brifda birga aniqlaymiz.
Strategiya narxi nimaga bog'liq?
Biznes hajmiga, tahlil chuqurligiga va ijro qamroviga. Brifdan keyin yozma taklif beramiz.
Faqat strategiyani buyurtma qilsa bo'ladimi?
Ha, lekin ijroni ham bizga ishonsangiz, g'oya o'zgarmay amalga oshadi.
Hisobotni qanday olaman?
Kelishilgan davr oxirida bajarilgan ishlar va ko'rsatkichlar bo'yicha hisobot beramiz, so'ng yuzma-yuz taqdimot o'tkazamiz.

Loyihani muhokama qilamiz.

Ariza qoldiring: ish kunlari ichida bog'lanib, vazifani aniqlashtiramiz va keyingi qadamni taklif qilamiz.